Jo‘qorg'i Kenges Raisi Chimboy tumani faollari bilan uchrashdi
1418
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Chimboy tumanidagi mahalla faollari, ko‘cha boshilari va tuman mutasaddilari bilan uchrashdi. Unda dastlab, so‘ngi yillari yurtimizda hurmatli Prezidentimizning e’tibori va g'amxo‘rligi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, faqat Qoraqalpog'iston uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar, shu asosda xalqimiz hayotiga teran kirib borayotgan islohotlar haqida atab o‘tildi. Aytish joizki, Chimboy tumanini rivojlantirish bo‘yicha hurmatli Prezidentimiz tomonidan ajratilgan mablag'lar asosida qator ishlar amalga oshirildi. Xalq farovonligi yo‘lidagi bunday ezgu amallar joriy yilda ham davom ettiriladi.
O‘tkazilgan uchrashuvda Chimboy tumanini rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimining 2024 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari va belgilangan vazifalari bo‘yicha taqdimoti tinglandi. Jo‘qorg'i Kenges Raisi uchrashuvda ziyorat o‘rinlarini obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha ishlar boshlanganligini atab o‘tdi. Shu qatorda klassik adabiyotimiz namoyandalaridan bo‘lgan Kunxoja va Berdaq bobolarimiz qabri joylashgan «Qaraqum iyshan» ziyoratgohiga olib boruvchi yo‘l qayta ta'mirlanishi, ziyoratgohni turizmda alohida ahamiyatga ega manzillarning biriga aylantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi alohida tilga olindi.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati