Chimboy tumanidagi «Pashentao‘» ovuli obod manzillarning biriga aylanadi
1400
Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida fuqarolarimizning kundalik hayotida uchrayotgan muammolariga echim topish, amalga oshirilayotgan islohotlarning har bir oilaga kirib borishini ta'minlash, mahallalarni har tomonlama obod etish va eng chekka hududlarni ham fayzli mahallalarga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Chimboy tumanining olis va og'ir hududlarining biri bo‘lgan «Pashentao‘» ovul fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashdi.
Ovul xalqi bilan uchrashuvda Pashentao‘da keng ko‘lamli obodonlashtirish, fuqarolarning obod hayotini ta'minlash borasidagi amaliy ishlar olib borilishini, buning uchun tegishli mablag'lar ajratilib, barcha zarur choralar ko‘rilishini ta'kidladi. Jo‘qorg'i Kenges Raisi hudud uchun rejalashtirilgan barcha qurilish ishlarining o‘z vaqtida, sifatli olib borilishi doimiy ravishda nazoratda bo‘lishini ta'kidladi. Shuning bilan birga, soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, ovul xalqi hayotini yaxshilash, ularning bugungi turmushidan roziligini ta'minlash, «Obod qishloq, obod ko‘cha, obod xonadon» tamoillari asosida barcha ishlarni tashkiliy ravishda olib borish kerakligi alohida so‘z etildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati