Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orinbaev shahar va tumanlardagi hokim yordamchilari bilan uchrashdi
1521
Bunda o‘tgan yilda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va galdagi vazifalar bo‘yicha muloqot qilindi. 2023 yil davomida hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, natiyjada mahallalarda yangidan tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha qator choralar amalga oshirildi.
Lekin, ayrim joylardagi hokim yordamchilari tomonidan o‘z ishiga bee’tibor qarash holatlari ham uchramoqda. O‘tkazilgan uchrashuvda o‘z vaziyfasini bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan qator hokim yordamchilarining faoliyati tanqid qilindi.
Shuning bilan birga, xalqimizning bugungi turmushidan roziligini ta'minlash, tadbirkorlik sub’ektlarini ishga tushirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha vaziyfalar belgilab olindi. Uchrashuv davomida o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natiyjalarga erishgan, ish o‘rinlari yaratilishida ko‘makdosh bo‘lgan hokim yordamchilariga Jo‘qorg'i Kengesning ko‘krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi.






Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati