Xotin-qizlar – baxtli turmushimizning yaratuvchilari
2081
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi tashabbusi bilan joylarda “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan har xil ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar davom etmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida shahar va tumanlardagi ko‘cha boshi ayollari ishtirokida teatrlashtirilgan madaniy tadbir tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbaev so‘zga chiqib, yig'ilganlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan tabrikladi. Bundan keyin, mahallalarning tinchlik va totuvligini saqlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona-Vatanimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, og'izbirchilik, totuvlikni mustahkamlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan qator ko‘cha boshi ayollariga Jo‘qorg'i Kengesning ko‘krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi.
O‘tkazilgan tadbirda atab o‘tilganidek, bugungi kunda xotin-qizlarimiz davlat va jamiyat boshqaruvida, ilm-fan, madaniyat, sport, tadbirkorlik, hunarmandchilik, davlat siyosati, umuman barcha sohalarda munosib o‘rin egallab, ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu o‘z navbatida qizlarimizning ma'nan etuk, navqiron avlod bo‘lib kamolga kelishida ijobiy ta'sirini ko‘rsatib, namuna bo‘lib kelmoqda. Bugungi o‘tkazilgan tadbir teatr aktyorlari va san’at ustalarining ijrosidagi sahna ko‘rinishlari va kontsert dasturi bilan davom etdi.





Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati