Yurtimizga yangilanish, ko‘ngillarga mehr-oqibat va qadr-qimmat bag'ishlagan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
2871
Asrlar davomida shakllangan Navro‘z – bu xalqimizning go‘zal qadriyatlarini o‘zida jamlagan, ota-bobolarimizdan bebaho meros sifatida asrab-avaylanib kelayotgan milliy bayram sifatida ko‘ngillardan chuqur joy olgan. U so‘ngi yillari uyg'onish va yosharish timsoli sifatida xalqimiz intizorlik bilan kutadigan, chin ma'nodagi umumxalq bayramga aylanib kelmoqda. Ayniqsa, ushbu yili bu bayram Hurmatli Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror asosida butun yurtimiz bo‘ylab «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z» g'oyasi asosida ko‘taringki ruhda o‘tkazilmoqda. Albatta, bunda teran ma'no bor. Sababi, ulug' kunlarning biri Navro‘z bayrami insonlar orasida mehr-muruvvat, xayr-saxovatlikni yanada mustahkamlashda, yosh avlodni milliy dasturlarimiz bilan qadriyatlarimizga hurmat, ona-Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalashda, o‘z-aro do‘stlik, og'izbirchilik, millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirishda alohida o‘rin egallaydi. Ushbu yilning 19-mart kuni Nukus shahrida umumxalq Navro‘z sayliga bag'ishlangan teatrlashtirilgan va badiiy musiqali xoreografik bayram tomoshalari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri yonida va «Do‘stlik» kanali bo‘yida bo‘lib o‘tdi.
Bayram tantanasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev, hukumat a'zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda Jo‘qorg'i Kenges Raisi so‘zga chiqib, xalqimizni yangilanish va yosharish ayyomi – Navro‘z bayrami munosabati bilan qutladi. Jo‘qorg'i Kenges Raisi o‘z so‘zida hurmatli Prezidentimiz yaratib bergan imkoniyatlar natijasida mard va oliyjanob xalqimiz shahar va tumanlarimizda, barcha sohalarda yuqori natijalarga erishish uchun fidokorona mehnat qilayotganligi, bunda albatta, hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bog'liq qabul qilingan Farmon va Qarorlar, Davlat dasturlari hayotimizda alohida o‘rin egallab kelayotganligini ta'kidladi. Aytish joizki, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri yonidagi maydon bugun har qachongidan ham o‘zgacha tusga kirgan. Baxshi-jirovlar, sozandalar va san’at ustalari o‘zlarining ijodlari bilan xalqimizga bayram kayfiyatini in’om etsa, milliy kiyim kiygan onalar, boshiga gulli do‘ppilar kiygan qizlar, bir-biridan xushvaqt yigitlar bayramga o‘zgacha ko‘rk bag'ishlamoqda.
Bayram tomoshalari poytaxtimizdagi «Do‘stlik» kanalining ikki qirg'og'ida davom etayotgan bo‘lib, yuqori darajada tashkillashtirilgan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘rinlarda ham san’at ustalari, madaniyat sohasi vakillari, xalq sevgan ijodkorlar bayramga o‘zgacha ko‘rk bag'ishlab, yig'ilganlarga Navro‘zga xos ko‘tarinki rux bag'ishlashmoqda. Qardosh xalqlarning milliy urf-odatlari va dasturlarini o‘zida jamlagan sahnalashtirilgan chiqishlar, milliy raqslar va qo‘shiqlar ijrosi, xalqimizning milliy o‘yinlari, baxshi va jirovlarning ajoyib chiqishlari barchaga birdek ulkan taassurot qoldirdi. Qo‘li gul ustalar, chevar tikuvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar, o‘n barmog'idan bol tomgan oshpazlar tayyorlagan milliy taomlar bayramga alohida yuqori kayfiyat in’om etdi. Yosharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayramiga bag'ishlangan sayillar respublikamizning barcha joylarida davom etmoqda.





















