Jo‘qorg'i Kenges Raisi chorvachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi
827
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, sohada o‘z echimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarni eshitish maqsadida chorvachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi. Ta'kidlash joizki, o‘tgan 2022 yilda xorijdan 1263 bosh naslli chorva mollari, 2023 yilda 148 bosh, joriy yilda 309 bosh naslli chorva mollari olib kelingan.
Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda asosan naslli chorva mollarini chet davlatlardan olib kelishdagi muammolar, qaysi davlatlardan olib kelingan chorva mollari Qoraqalpog'iston sharoitiga moslasha olishi, chorvachilik va parrandachilik sohasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, yanada rivojlantirish uchun qanday chora-tadbirlarni belgilab olish kerakligi, yaylov er maydonlari va chorva mollarining suv bilan ta'minlanganlik darajasi, chorva majmuasini qurishda infratuzilma bilan ta'minlash va er maydonlarini ajratishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan soha xodimlari bilan fikr almashildi.
Shu bilan birga, chorvachilik majmuasi uchun soliq imtiyozlarining qaysi turlaridan imtiyozlar berilishi kerakligi, chorvachilik uchun kredit mablag'lari ajratish va ozuqa bazasini yaratish masalalari va eng muhimi, xalqimizni arzon hamda sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta'minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda rejalashtirilayotgan strategiya bo‘yicha chorvachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘zlarining bir qator fikr-mulohazalarini bildirdi.