Jo‘qorg'i Kenges Raisi BMT Taraqqiyot Dasturi vakillarini qabul qildi
881
Bugun, 29 oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudji xonim va uning o‘rinbosari janob Anas Fayyad Karmanni qabul qildi. Uchrashuvda Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'istonni har tomonlama rivojlantirish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilyotgani, davlatimiz rahbari Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarni echish uchun BMT minbaridagi har bir nutqida dunyo hamjamiyatining e’tiborini qaratib kelayotganligi, shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida yashil o‘rmonzorlarni barpo etish ishlari haqida ma'lumot berdi.
Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasida Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan umumiy qiymati 2 million AQSh dollari bo‘lgan «Orolbo‘yi mintaqasida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi orqali o‘zini-o‘zi ta'minlashni qo‘llab-quvvatlash» qo‘shma loyihasining natijalari hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ta'kidlash joiz, BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan ayni paytda Qoraqalpog'istonda umumiy miqdori 12 million AQSh dollaridan ortiq 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilot vakillarining mamlakatimizga tashrifi doirasida Ekologiya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida «Smart qishloq xo‘jaligi» qo‘shma dasturi faoliyati bilan tanishuv, Taxiatosh tumani aholisi bilan uchrashuv, Chimboy tumani «Pashentau» ovul fuqarolar yig'ini hududida tozalangan ichimlik suvidan foydalanish, Qorao‘zak tumanida «Urug'lik va ekinlarni qayta ishlash» loyihalari, Mo‘ynoq tumanida «Kasb-hunarga o‘qitish markazi»ning ishga tushirilishi hamda Nukus shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga laboratoriya uskunalarini topshirish tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.