Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 90 yilligi belgilandi
1876
Shu yilning 31-oktyabr kuni Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi dastlabki oliy ta'lim muassasasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bag'ishlangan «Qoraqalpog'istondagi birinchi ilm-bilim dargohiga 90 yil!» mavzusidagi respublika anjumani va kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, xorijiy davlatlardan, shuningdek, respublikamizdagi ilg'or oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, professorlar, mashhur ijodkorlar, ko‘p yillar davomida davlat va jamoat ishlarida faoliyat yuritgan nuroniy ustozlar, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini pedagogika institutining tashkil etilganiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan tabrikladi hamda institutda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, ilm-fan, ta'lim va yoshlar tarbiyasida o‘z vazifalarini fidokorona bajarib kelayotgan bir guruh pedagog xodimlarga faxriy unvon va ko‘krak nishonlarini topshirdi.
Shundan so‘ng institutning «Tumaris» xalq ansambli hamda qobiliyatli talabalari, shuningdek, san’at ustalarining ijrosidagi kontsert dasturi ishtirokchilarning e’tiboriga havola qilindi.