O‘rmonchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari takomillashtiriladi
743
✏️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 707-sonli "O‘rmonchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining taklifi qo‘llab-quvvatlanib, Kegeyli tumanida davlat muassasasi shaklida Kegeyli davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi.
❗️Bundan tashqari, 174-sonli Prezident qarori bilan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy tuzilmasida davlat muassasasi shaklidagi Qoraqalpog'iston ilmiy-tajriba stantsiyasi tashkil etiladi.
Qoraqalpog'iston ilmiy-tajriba stantsiyasiga er maydoni ajratiladi va ushbu er maydonida yangi bino qurilib, sug'oriladigan erlarda iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlari etishtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.