2024-2026 yillarda Beruniy tumanining 80 foiz aholisi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi
1226
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4271-son qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekistonning g'arbiy qismida ichimlik suvi ta'minoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bu ishlarni Beruniy tumanida «MESMER-EAST» O‘zbekiston Eron kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Loyiha doyirasi tumanda jami 7 ta obekt bo‘lib, shundan 1 ta Beruniy tuman suv ta'minoti korxonasi ma'muriy binosini rekonstruktsiya qilish, 3 ta suv taqsimlash inshooti, suv rezervuarini qurish va rekonstruktsiya qilish, 1 ta suv yig'ish inshoati, 2 ta suv xlorlash inshoati, magistral suv tarmog'ini tortish ishlari ko‘zda tutilgan.
2024-2026 yillarga mo‘ljallangan loyiha natijasida Beruniy tumanida 80 foiz aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.