1184
Koreya Respublikasining Pusan shahrida qilichbozlik sport turining sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun qizlar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi bellashuvlar olib bordi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2-o‘rinni egalladi. Terma jamoasi tarkibida hamyurtlarimiz Guliston Perdebaeva va Ayako‘z Jumamuratovalar sovrinli o‘rinlarni egallashda munosib hissa qo‘shdi.