Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
1533
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, soha fidoyilari va faxriylarini bugungi bayram munosabati bilan tabrikladi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, soha xodimlarining jamoat tartibi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida o‘z osoyishtaligidan, kerak bo‘lsa jonidan kechib amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlari doimo qadrlanadi va alohida e’zozlanadi. Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, sohani insonparvar va xalqchil tizimga aylantirish, ochiqlik va shaffoflik muhitini kuchaytirish, bu yo‘lda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda.
Soha xodimlari o‘z vazifasini emin-erkin bajarish yo‘lida, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini saqlash, xalqimizning farovon hayotini ta'minlash kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha ezgu ishlar olib bormoqda. O‘tkazilgan bayram tantanasida shunday mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelayotgan bir guruh soha vakillari va faxriylar Jo‘qorg'i Kenges Prezidiumi qarori bilan ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Bayram tantanasi san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.