Beruniyda 25,5 mlrd so‘mlik investitsiya loyihasi ishga tushirildi
1162
Beruniy tumanidagi “Lider Gips” MChJ tomonidan umumiy maydoni 2,5 gektar erda tashkil etilgan gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi 25,5 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 1,8 mln AQSh dollari xorijiy investitsiya asosida shakllantirilgan. Yiliga 2 mln kv metr gipsokarton ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Loyiha bo‘yicha korxona ishga tushirilishi bilan har xil turdagi gipsokarton ishlab chiqariladi va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Loyiha doirasida korxonadagi montaj ishlarini Xitoy davlatidan kelgan muhandislar amalga oshirdi.