Nukusda «Yashil kelajak» umumrespublika marafoni doirasida «Ziyolilar bog'i» barpo etildi
1228
Bugun, 9-noyabr kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi «Oqqush» majmuasida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yashil kelajak» umumrespublika marafoni tashkil etildi. Keng miqyosda o‘tkazilgan ekologik tadbirda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 100 dan ziyod oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassis olimlar hamda faol talaba-yoshlaridan iborat 1500 dan ortiq odam ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, umumrespublika marafoni ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi va Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 2 million gektarga yaqin tuzli qumda yashil o‘rmonzorlar barpo etilganligi, bunday ezgu amallar yanada katta tashkilotchilik bilan davom etayotganligini ta'kidladi. So‘ngra «Yashil kelajak» umumrespublika marafoniga start berildi. Ishtirokchilar Nukus shahridagi 8 gektar maydonda yaxshi niyatlar bilan mahalliy iqlim sharoitlariga mos daraxt ko‘chatlarini ekib, «Ziyolilar bog'i»ni barpo etdi. Marafonda onlayn teleko‘prik orqali respublika oliy ta'lim muassasalari jamoalari ham ishtirok etib, tizimda «Yashil makon» umummilliy aktsiyasi yuqori tashkilotchilik bilan boshlab yuborildi. Madaniyat va san’at namoyandalari ijrosidagi kontsert dasturi marafon ishtirokchilariga xush kayfiyat bag'ishladi.