"O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to‘g'risida"gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
1887
Bugun Nukus shahri markazida o‘rnatilgan O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining davlat bayroqlari yonida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to‘g'risida"gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, xalqimizni bayram munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, mamlakatimiz bayrog'i ezgulik, donishmandlik, poklik, sadoqat, go‘zallik, tinchlik, yangilanish kabi his-tuyg'ularni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan, yurtimiz bayrog'ini ko‘z qorachig'idek asrab-avaylash, uni ulug'lash va balandlarga ko‘tarish - har birimiz uchun ona Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz bayrog'i ostida xalqimiz hayotida, insonlarning ma'naviy olamida ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar yuz bermoqda. Bunda hurmatli Prezidentimiz g'oyalari, boshlab bergan ezgu ishlari, belgilab bergan ustuvor vazifalari hayotimizda alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda farovon hayotimizni ta'minlash yo‘lida yurtimizning barcha hududlari qatori Qoraqalpog'iston uchun ham chinakam taraqqiyotlar, yangilanishlar davri sifatida katta e’tibor qaratilayotgani buning yaqqol misolidir. Tantanali tadbirda mana shunday ezgu ishlar alohida tilga olindi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir san’at sohasi vakillarining kontsert dasturi bilan davom etdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Axborot xizmati