Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan respublika miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasiga start berildi
1197
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardan videoaloqa orqali mamlakatimiz farovonligiga, yashil belbog'larni barpo etishga hissa qo‘shish niyatida bo‘lgan respublika faollari, yoshlar, nuroniylar va xotin-qizlar, idora, tashkilotlar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev rahbarligida Nukus shahri atrofida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.
Ta'kidlash joizki, joriy yil kuz mavsumida "Yashil makon" loyihasi doirasida jami 5 million 600 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, reja ortig'i bilan bajarilishi belgilangan. Ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida pitomniklarimizda daraxt ko‘chatlari zaxirasi yaratilib, 6 million 764 ming dona dekorativ va mevali daraxt ko‘chatlarini xarid qilish uchun shartnomalar tuzilgan. Bugungi kunda shahar va tumanlarimizda 2 million 812 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekilib, bu ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.