Muhim masalalar ko‘rib chiqildi
1586
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesidagi Tadbirkorlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakolatli va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta'minlash masalalari qo‘mitasining yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbaev ishtirok etdi va yangi saylangan deputatlarni xalq ishonchiga sazovor bo‘lgani bilan tabriklab, kelgusi deputatlik faoliyati bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar va tavsiyalar berdi. Kun tartibida qo‘mita va fraktsiya faoliyati bilan bog'liq qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Dastlab, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta'minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga 8-" Jeke terek" saylov okrugidan deputat Tolibekov Akilbek Umirbekovich, qo‘mita kotibi lavozimiga esa 58-"Tazajol" saylov okrugidan deputat Palvanova Fatima Maratovna saylandi. Bundan so‘ng, Prezident farmonlarining ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hisoboti, Mahallalar uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'ining axboroti bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Majlis davomida ko‘rib chiqilgan masalalarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.