Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasiga bordi
788
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Prezidentimiz topshirig‘i bilan birinchi "Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo hududlararo hamkorlik forumi" doirasida amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi. Tashrif doirasida dastlab IT sohasida faoliyat olib borayotgan "Acryl" kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydigan IT-markazlarni barpo etish va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan so‘ng, "People & Dream Co., Ltd." kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, muzokaralar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha yaqin munosabatlarni o‘rnatish va respublikamiz hududida monomarkazlar tashkil etish, jumladan, chet elga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish va xorijiy tillarga o‘qitish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan ham muzokaralar olib borildi. Unda "Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatish Orolbo‘yi mintaqasi uchun yashil tiklanish" loyihasini amalga oshirish va bu sohada hamkorlik qilish, tabiiy ofatga chidamli vositalar bilan ta’minlash, jumladan, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Kun davomida Koreya Respublikasining qator tashkilotlari bilan dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Koreya axborot texnologiyalari farovonligini oshirish agentligi vakillari bilan uchrashuv davomida ham IT sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi va agentlik tomonidan Qoraqalpog‘istonning o‘rta maktablariga zamonaviy kompyuterlar berildi. "KIDL Co., LTD" kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida kompaniya texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxonalar tashkil etish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda qator manfaatli kelishuvlarga erishildi, muhim shartnomalar imzolandi. Hamkorlik bo‘yicha istiqbolli loyihalar keng muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Axborot xizmati