Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitasi majlisi o‘tkazildi
959
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasining majlisi o‘tkazildi. Yig‘ilishni qo‘mita raisi M.Atamuratov ochdi va olib bordi. Kun tartibida dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi va bu lavozimga 21-sonli "Amirobod" saylov okrugidan Bayriyeva Almagul Kurbanovna saylandi. Shuningdek, qo‘mita kotibi etib 3-sonli "Tibbiyot" saylov okrugidan deputat Li Marina Vladimirovna saylandi.
Bundan so‘ng, Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasining 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ish rejasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlis davomida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiyot muassasalarini xavfsiz va sifatli dori-darmonlar, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, sohaga raqamlashtirishni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining hisoboti to‘g‘risidagi masala tanqidiy ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan savollar berilib, dolzarb masalalar ko‘tarildi. Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Axborot xizmati