Nukus shahrida "Ayollar o‘quv markazini tashkil etish" loyihasi amalga oshiriladi
1257
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Koreya Eksim bankining EDCF fondi, Sukmyung ayollar universiteti, Hyundai tadqiqot instituti vakillari bilan uchrashdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha "Ayollar o‘quv markazini tashkil etish" loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda belgilangan rejalar asosida loyiha-qurilish ishlarini tez fursatda boshlash yuzasidan kelishib olindi. Ta’kidlash joizki, Koreya Respublikasining Eksim banki EDCF tomonidan moliyalashtirilishi belgilangan loyihaning umumiy qiymati 38 million dollar bo‘lib, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, real tadbirkorlikka yo‘naltirish, xotin-qizlar tadbirkorligini keng jamoatchilikka joriy etish, bandligini ta’minlashga qaratilgan. Loyiha qurilishi uchun Nukus shahri hududidan yer maydoni ajratilishi belgilangan va ishga tushirilishi bilan xotin-qizlarni o‘qitish va qator xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish rejalashtirilgan. O‘tkazilgan uchrashuvda ushbu belgilangan chora-tadbirlar doirasida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Axborot xizmati