Agrar kompleksni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi
1193
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining majlisi o‘tkazildi. Majlisni qo‘mita raisi A.Jumanazarov ochib berdi va bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishda qishloq xo‘jaligi sohasining o‘rni alohidaligi, shuningdek, ekologiyamizni yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, o‘z navbatida, bu ishlarni amalga oshirishda qo‘mita oldida bir qator muhim masalalar mavjudligini ta’kidladi.
Majlis kun tartibida qo‘mita raisining o‘rinbosari lavozimiga 63-sonli "Qorao‘zak" saylov okrugidan deputat Muratbay Abdirovning, qo‘mita kotibiga 53-sonli «Qirantao‘» saylov okrugidan deputat Niyazimbetov Sherzod Kadirberdiyevichning nomzodi taqdim etildi va saylandi. Bundan so‘ng, qo‘mita tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va bu bo‘yicha tegishli takliflar berish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yig‘ilishda agrar kompleks faoliyatini yaxshilash, oldinga qo‘yilgan marralarga erishish, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yurtimizdagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qator masalalar ko‘tarildi.
Majlis davomida ko‘rib chiqilgan masalalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Axborot xizmati