Koreya mamlakatidagi kompaniyalar bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi
1417
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligidagi Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etmoqda. Forum doirasida delegatsiya Koreyaning qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik "TYM" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Unda respublikamiz hududida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mahalliy mutaxassislar va texnik xodimlarni tayyorlash bo‘yicha servis tarmog‘ini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bundan so‘ng "KIDL Co Ltd." kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda kompaniya va "SHAMCHIROK TORTKOL" MCHJ o‘rtasida issiqxona uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Kelishuvga muvofiq, "KIDL Co Ltd." kompaniyasi tomonidan 62 million AQSH dollari miqdoridagi loyiha moliyalashtirilishi belgilab olindi. Bundan keyin, Yashil iqlim fondi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga grant mablag‘larini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlardan so‘ng delegatsiya Koreya - Markaziy Osiyo mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha birinchi forumida ishtirok etdi. Forum dasturida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, madaniy va ilm-fan almashinuvlari, shuningdek, ekologiya va barqaror rivojlanish sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar kabi yaqin sheriklikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan tematik sessiyalar o‘tkazildi. Forum doirasida delegatsiya GAROK vakillari bilan uchrashib, muzokaralar davomida hududlararo aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ikki tomonlama tashriflarni tashkil etish, shuningdek, iqtisodiyot, innovatsiyalar, ta’lim va ekologiya sohalarida tajriba almashish bo‘yicha yangi dasturlarni boshlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Forumda hududlararo muloqotning ahamiyati qayd etilib, Koreya va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari V.Jollibekov forumda ishtirokchilarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining investitsion salohiyati, yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar bilan tanishtirdi. Uchrashuv davomida Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar doirasida sanoat, energetika va agrosanoat kompleksida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma korxonalar tashkil etish va Koreya texnologiyalarini jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Koryo xususiy tadqiqot universiteti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va talabalarni Koryo universitetida qisqa muddatli o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Koreya Respublikasidagi forum doirasida qator investitsiya kelishuvlari imzolandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Axborot xizmati