Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining majlisi o‘tkazildi
1057
Majlisni qo‘mita raisi I.Sdikov ochib berdi va qo‘mita tarkibidagi deputatlarni xalqimiz ishonch bildirib saylab, deputat degan katta mas’uliyatli maqomga ega bo‘lgani bilan tabrikladi. Shuningdek, bugungi kunda yurtimiz farovonligini oshirish yo‘lida qo‘mita oldida qator mas’uliyatli vazifalar turganligi, bu vazifalarni bajarishda barcha rahbar va deputatlardan o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi ta'kidlandi. Majlisda dastlab, qo‘mita raisi o‘rinbosari va kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib 60-son "Tazg'ara" saylov okrugidan deputat Berdixonov Jalg'asbay Pirimbetovich, qo‘mita kotibi sifatida 23-son "Qirqqiz" saylov okrugidan deputat Sultanov Hamid Telmanovichning nomzodi ma'qullandi.
Bundan so‘ng Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2025 yil birinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ish rejasini ishlab chiqish to‘g'risidagi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi PQ-330-son qarori talablarining Qoraqalpog'iston Respublikasida ijro etilishi bo‘yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari boshqarmasi boshlig'ining hisoboti to‘g'risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Majlis davomida ko‘rib chiqilgan masalalarni Jo‘qorg'i Kengesning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.