“Erkin Qaraqalpaqstan”ning 100 yilligi keng nishonlandi
2003
Bugun Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrida qoraqalpoq matbuoti karvonboshisi “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasi tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbaev so‘zga chiqib, yig'ilganlarni keng nishonlanayotgan yubiley sanasi munosabati bilan tabrikladi.
1924 yilning noyabr oyida ilk soni chop etilgan "Erkin Qaraqalpaqstan" gazetasi o‘tgan davr mobaynida jamiyatimiz hayotida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Shuningdek, ushbu gazeta insonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga, bir asrlik tarixi davomida davlat idoralari bilan xalqni bog'lovchi ko‘prik vazifasini beqiyos ado etdi va bu sharafli vazifani hanuzgacha bajarib kelmoqda. Qoraqalpoq jurnalistikasi uchun o‘ziga yarasha maktab vazifasini bajargan ushbu gazeta milliy jurnalistikamiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan iste’dodli, qalami o‘tkir jurnalistlarni tarbiyaladi. Gazetaning mehnat qozonida qaynab, ko‘plab siyosiy-ijtimoiy arboblar etishib chiqdi.
Qasыm Әo‘ezov, Seyfulg'әbit Mәjitov, Tәmender Safiev, Qallibek Begjanov, Tөlepbergen Qayыpbergenov, Ibrayыm Yusupov, Quyash Yusupov, Sharap Usnatdinov, Elmurat Baynazarov, Kengesbay Karimov, Kengesbay Reymov va boshqa talabchan bosh muharrirlar rahbarligida gazeta xalqimiz ma'naviyatini boyitishda salmoqli hissa qo‘shib keldi. Qutlug' sanasi nishonlanayotgan bugungi sanada o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, ijodiy yutuqlari va tinimsiz izlanishlari bilan ajralib kelayotgan bir qator soha fidoyilari rag'batlantirilib, faxriy unvonlar va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Tadbir san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.