Nukus shahrida «Shilpiq» brendi bilan tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarilmoqda
1691
Bugun Nukus shahridagi «Tele oray» mahalla fuqarolar yig'inida tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirgan "Long Water" korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, yangi korxona ishga tushirilishi munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, xurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Xitoylik investorlar tomonidan umumiy 1 million 200 ming dollarlik to‘g'ridan-to‘g'ri investitsiya kiritish hisobiga yangidan ishga tushirilgan korxonada «Shыlpыq» brendi bilan tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarilmoqda. Korxona yiliga 5,7 ming tonna tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uskunalar Xitoy davlatidan keltirilib o‘rnatilgan bo‘lib, 29 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Albatta, bunday yangi loyihalarning ishga tushirilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qiladi.