Qoraqalpog'istonda ilk shamol elektr stantsiyasi turbinalari qad rostladi
1717
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev hurmatli Prezidentimiz topshirig'i bilan Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan "Shamol elektr stantsiyasini tashkil etish" loyihasining Qorao‘zak tumani "Qoybaq" OFY hududida barpo etilayotgan "Nukus-1" loyihasi qurilishida bo‘ldi. Unda respublikamiz mehnat ilg'orlari, siyosiy-ijtimoiy faollari, nuroniylar ishtirok etdi. Umumiy qiymati 107 million dollar, quvvati 100 Megavatt bo‘lgan loyiha doirasida har birining quvvati 6,5 Megavatt bo‘lgan 16 ta shamol turbinasi generatorlari barpo etiladi. Bugungi kunda 3 ta turbina to‘liq qurib bitkazilgan, shuningdek, 1 ta turbina qurilishi yaqin kunlarda yakunlanadi. Asosiysi, loyihani amalga oshirishda 150 dan ortiq mahalliy fuqarolar bandligi ta'minlangan. "Nukus-1" loyihasi to‘liq ishga tushishi natijasida har yili 350 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi, o‘rtacha 100 million kub tabiiy gaz sarfi tejaladi, havoga 180 ming tonna karbonat angidrid gazi chiqindilari tarqalishi kamayadi.
Bundan tashqari, Qorao‘zak tumani "Qoybaq" OFY hududida umumiy qiymati 220 million dollarlik yana bir "Nukus-2" loyihasi ham amalga oshirilib, 26 ta shamol turbinasi generatorlari quriladi. Loyihaning qurilish ishlarida 200 dan ortiq mahalliy fuqaroning bandligi ta'minlanishi rejalashtirilgan va ishga tushirilgandan so‘ng har yili 794 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, "ACWA Power" kompaniyasining Qo‘ng'irot tumanida umumiy quvvati 2000 megavattli shamol elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha yana 4 ta loyihasi amalga oshirilishi ham belgilangan. Jo‘qorg'i Kenges Raisi qurilish maydonida amalga oshirilayotgan ishlar, quruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va ushbu mega loyihalar ishga tushirilishi hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga bo‘lgan alohida e’tibori natijasi ekanini ta'kidladi. O‘z navbatida, nuroniylarimiz, ilgari bo‘lmagan bu yangi loyihaning hayotga tatbiq etilishida qo‘l-qanot bo‘layotgan davlatimiz rahbariga cheksiz minnatdorlik bildirdilar.