Jo‘qorg'i Kenges Raisi bolalarni tabrikladi
1247
Har yili "3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" respublikamiz bo‘yicha joylarda keng nishonlanib kelinmoqda. Bugun Nukus shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev ishtirok etdi.
Yurtimizda hech bir bola e’tibordan chetda qolmaydi. Orolbo‘yi bolalari uchun maxsus qurilgan ushbu reabilitatsiya markaziga ega bolalar bog'chasida ham bir qator tarbiyalanuvchilar o‘qib, ta'lim olmoqda. Shuningdek, salomatligini tiklamoqda. Bolalar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Ularning salomatligi doimiy nazoratga olingan va tajribali tibbiyot xodimlari va pedagog ustozlar tunu kun mehnat qilmoqda. "Imkon" tashkilotida o‘tkazilgan tadbirda Jo‘qorg'i Kenges Raisi tomonidan bolalarga sana munosabati bilan sovg'alar topshirildi. Bayram tadbiri bolalar ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.