"3 dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
1452
Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarga g'amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu borada barcha fuqarolarimiz kabi imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga e’tibor va amaliy yordam ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularga doimiy g'amxo‘rlik qaratilib, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun Nukus shahridagi so‘lim maskanlarning birida "3 dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev ishtirok etib, mamlakatimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasligini ta'kidladi. Bayram tadbirida ishtirokchilarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi. San’at va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.