Nukus davlat pedagogika instituti rektori hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tayinlandi
1588
Bugun, 5-dekabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tashkiliy masalalarga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng'irotboy Sharipov olib bordi. Tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta'limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, kreativ fikrlaydigan, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni teran o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari, kelgusi vazifalar to‘g'risida so‘z yuritildi.
Yig'ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli buyrug'i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga Kuvondik Ayitbaevich Kadirov tayinlanganligi ta'kidlandi. Kuvondik Kadirov shu kungacha institutning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori hamda institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug'i bilan institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan Muxtar Mamutovich Ibragimov jamoaga tanishtirildi. Muxtar Ibragimov faoliyati davomida Qoraqalpoq davlat universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida, shuningdek, 2019-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati – Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a'zosi sifatida faoliyat yuritgan. Yig'ilishda birqator professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, institut rektori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektoriga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbirda xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash, xalqaro hamkorlikning samaradorligini va ta'lim sifatini oshirish, shuningdek, bakalavr ta'lim yo‘nalishlarini tegishli tartibda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov ishtirok etdi.