Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi
1298
Bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni jismonan chiniqqan komil inson etib tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida (Manej) yoshlar va professional sportchilar o‘rtasida Qo‘l jangi bo‘yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi. 
Qizg'in raqobatga boy tarzda o‘tkazilgan musobaqada sportchilar o‘zlarining mahoratini va har tomonlama chiniqqanliklarini, o‘zlarining kuchli tayyorgarlik bilan kelganliklarini namoyish eta oldilar.
Keskin bellashuvlar bilan o‘tgan musobaqa yakunida o‘z vazn toifasida g'oliblar qatoridan joy olgan bir qator yoshlarga medal va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Shuningdek, g'oliblar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining kubogi bilan taqdirlandi.