Qo‘ng'irot temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi
1561
Bugun Qo‘ng'irot temir yo‘l vokzalining rekonstruktsiya qilingan yangi binosini foydalanishga topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami hamda bayram arafasida yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida va xalqimiz hayotida tarixiy o‘zgarishlar va yangilanishlar ro‘y bermoqda. Barcha sohalar qatori Transport sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizning uzog'ini yaqin, og'irini engil qilishga xizmat qilmoqda. Bugungi foydalanishga topshirilayotgan Qo‘ng'irot temir yo‘l vokzalining yangi binosida Prezidentimizning maxsus topshirig'i bilan 17,5 milliard so‘mlik rekonstruktsiya ishlari olib borildi va barcha qulay sharoitlar yaratildi.
Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, ushbu ob’ektda o‘tgan 70 yil ichida bunday keng ko‘lamli qurilish-rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmagan edi. Albatta, bu temir yo‘l vokzali uzoq yillar davomida xalqimizga hamda yurtimizga kelgan mehmonlarimizga sifatli xizmat qiladi.