«Imkon» maktabgacha talim tashkilotida Yangi yil bayrami nishonlandi
1530
Bayram arafasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev «Imkon» reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, ushbu markazda tarbiyalanayotgan bolalarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Har bir bola ushbu maskandan shifo topib, kundalik turmush sharoitiga qaytishini tiladi. Shuningdek bolalarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida ularga yangi yil sovg'alari topshirildi. «Imkon» markazida tashkil etilgan yangi yil bayrami bolalar bilan birga yangi yil archasi atrofida qo‘shiqlar, ezgu tilaklar aytilib, o‘yin-kulgular bilan davom etdi.



