Jo‘qorg'i Kenges Raisi "Mehrli maktab" filiali tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabrikladi
1710
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti klinikasidagi gospital turdagi "Mehrli maktab" filialiga tashrif buyurdi. Bu erda davolanib, ta'lim olayotgan bolalarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, yurtimizda har bir bola hurmatli Prezidentimizning e’tiborida va g'amxo‘rligida ekanini ta'kidladi hamda institut rektori O.Ataniyazova bilan birgalikda Prezident sovg'alarini topshirdi.
Ta'kidlash joizki, Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti klinikasida "Zamin" fondi tomonidan "Mehrli maktab" filiali ochilgan edi. Shu asosda turli onkogematologik kasalliklar bilan kasallangan, uzoq vaqt davomida davolanishni va parvarishni talab qiladigan, oddiy maktab yoki bog'chaga borish imkoni bo‘lmagan bolalarning davolanish bilan bir vaqtda ta'lim olishi va tarbiyalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu erda onkogematologik patologiyasi bo‘lgan bolalar uchun qulay sinf xonalarida, maxsus sharoitlarda o‘quv jarayoni olib boriladi. Ular reabilitatsiya jarayonidan ham shu erning o‘zida ota-onalari ishtirokida o‘tadi. Ko‘ngillari quvonchga to‘lgan bolalar Yangi 2025 yildagi orzu-intilishlarini bildirdi. Bundan so‘ng, bayramga ko‘rk bag'ishlayotgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi sahnalashtirilgan tomoshalar yig'ilganlar e’tiboriga taqdim etildi.