To‘rtko‘l tumanida yangi tug'ruq kompleksi foydalanishga topshirildi
1630
Bugun To‘rtko‘l tumanida yangidan qurilib bitkazilgan tuman tibbiyot markaziga qarashli tug'ruq kompleksi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hurmatli Prezidentimizning e’tibori va g'amxo‘rligi bilan ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida ulkan qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotganini ta'kidladi.
Darhaqiqat, yangi binoning foydalanishga topshirilishi xalq farovonligi yo‘lidagi amaliy ishlarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ta'kidlash joizki, qurilish ishlari doirasida Prezidentimizning 404-sonli qarori bilan 13 mlrd. so‘m mablag' ajratildi. Shu asosda tug'ruq majmuasiga qo‘shimcha 70 o‘rinli yangi bino barpo etilib, mavjud binosi kapital ta'mirlandi va foydalanishga topshirildi. Natijada, mahalliy fuqarolar, jumladan, onalar va bolalar uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi.