Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi
978
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev ishtirok etib, harbiy xizmatchilarni, faxriylar va butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Ko‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan etibor alohida tilga olindi. Aytib o‘tish joizki, milliy armiyamizning chegaralarimiz daxlsizligini, Vatanimiz tinchligini ta'minlashdagi mehnatlari cheksiz. Vatan himoyachilari bor ekan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning farovonligi va hamjixatligi mustahkam bo‘ladi.
Bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida harbiy xizmatchilarning ishchanlik fazilatlari, xalq bilan birga tinch-totuv turmushni ta'minlash yo‘lidagi barcha fidokorona hizmatlari alohida tilga olindi. Shu bilan birga soha fidoiylari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi tomonidan mukofotlandi.
Bayram tadbiri harbiy xizmatchilar va madaniyat hodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.








