Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
981
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov so‘zga chiqib, yangi ob’ekt foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov ishtirok etdi.

Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta'lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpog'istonda oliygohlar soni 12 taga etkazilgan bo‘lsa, oliy ta'lim muassasalariga topshirgan yoshlarimiz uchun joriy o‘quv yilida yana qo‘shimcha 10 mingta kvota ajratildi. Bugun foydalanishga topshirilayotgan, qariyb 23 mlrd. so‘mlik mablag' evaziga yangidan qurib bitkazilgan talabalar turar joyi ham ana shu yo‘nalishdagi xayrli ishlardan sanaladi. Albatta, bunday tadbirlar yanada davom ettiriladi. Ochilish marosimi davomida mehmonlar talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


