Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi
913
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov boshchiligida turizm, madaniy meros va madaniyat sohalarida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag'ishlangan kengaytirilgan majlis o‘tkazildi. Unda soha rahbarlari va xodimlar, davlat teatr-kontsert tashkilotlari, shahar va tuman madaniyat bo‘limlari, ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Majlisda 2024 yil davomida sohalarda amalga oshirilgan ishlar, o‘zgarish va yangilanishlar, yutuqlar bilan birga, sohadagi tizimli muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, galdagi dolzarb masalalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritildi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda qator muammo va kamchiliklar keng ta'kidlandi. Bu borada aholiga pullik xizmat ko‘rsatish darajasini yanada rivojlantirish, shahar va tuman madaniyat bo‘limlari tomonidan madaniy istirohat bog'larida shartnoma asosida madaniy tadbirlar o‘tkazish masalalari talab darajasida emasligi, ayrim rahbar va xodimlarning o‘z vazifalariga loqaydlik bilan qarayotgani keskin tanqid qilindi. Majlisda qator masalalar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.


