Deputatlar faoliyatini kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan seminarlar o‘tkazilmoqda
1032
Bugungi kunda xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari, kotibiyat mudirlari, xodimlari hamda tuman, shahar Kengashi Partiya rahbarlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Shunday seminarlar Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy va Nukus tumanlarida o‘tkazildi.
Seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi Sh.Otemisov boshqarib bordi.
Unda Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlari deputatlarning odob axloq qoidalari, Kengash deputatlari, kotibiyatlari hamda siyosiy partiyalarning ish rejalarini ishlab chiqish tartibi haqida so‘z etildi. Shuningdek, davlat dasturlari, investitsiya dasturlarini nazorat qilish, “Parlament nazorati”ni amalga oshirishdagi deputatning faoliyati, «Deputatlik so‘rovi va deputat murojaatlari»ni yuborish, “Mahalla ettiligi” bilan ishlash masalalari ham keng muhokama etildi.
Seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan deputatlik faoliyatining qonuniy asoslari hamda saylovchilar murojaatlari bilan ishlashda deputatlarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, ularning saylangan okrug hududidagi muammolariga echim topish borasida faolligini oshirish borasida so‘z yuritildi.
Seminarlar barcha shahar va tumanlarda davom etadi.



