Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev Taxiatosh tumanidagi bir qator mahallalar fuqarolari bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi
1008
Dastlab, chekka «Saraykөl» ovul fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashgan Jo‘qorg'i Kenges Raisi mahalladagi infratuzilma bilan bog'liq masalalar bosqichma-bosqich o‘z echimini topishini, hurmatli Prezidentimiz topshirig'i bilan xalqimiz hayotini yaxshilash bo‘yicha o‘rinli ko‘tarilgan muammolar, albatta, bartaraf etilishini ta'kidladi. Shu joyning o‘zida, fuqarolar toza ichimlik suvi bilan bog'liq muammosi borligini bildirgan bo‘lsa, ushbu muammoni bartaraf etishga 30 mln. so‘m mablag' ajratildi.
Bundan so‘ng, «Jayhun» mahallasi aholisi bilan uchrashuvda gaz tarmoqlarini tortish masalasi ko‘tarilib, bu muammoni hal etish uchun 30 mln so‘m mablag'ni shu kunning o‘zida ajratish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi. Fuqarolar bilan muloqot chog'ida Jo‘qorg'i Kenges Raisi «Aydыn jol» va «Doslыq» mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi bilan uchrashib, og'ir sharoitdagi ushbu mahallalarni obod qilish uchun Prezidentimiz tomonidan tegishli mablag'lar ajratilgani, infratuzilma bilan bog'liq muammolar o‘z echimini topishini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, fuqarolar ham Prezidentimizning bunday e’tibori va g'amxo‘rligi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi tuman hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni joylashtirish uchun qayta rekonstruktsiya qilinayotgan ob’ektdagi ishlarni borib ko‘rdi va qurilish ishlarini sifatli yakunlash kerakligini ta'kidladi. Ayni paytda bu joyda 45 ta oilaga mo‘ljallangan ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha 27 ta oilani joylashtirish uchun yangi bino qurilishi belgilangan.
Bundan keyin tuman markazidagi dehqon bozori ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga xaridorlar va sotuvchilarga qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.










