Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi
1597
Bugun, 22 yanvar kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hurmatli Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasini isloh qilish, uni yanada rivojlantirish masalasiga juda katta e’tibor qaratilayotgani, 2024 yil yakunida sohaga oid qator muhim qarorlar imzolangani alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, hurmatli Prezidentimizning 2024 yil 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilab berilgan topshiriqlariga ko‘ra, 2025 yilning aprel-may oylarida Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasi va Taxtako‘pir tumanida “Ko‘chmanchi xalqlar” xalqaro festivalini o‘tkazish hamda 2026 yilda “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansamblining 70 yillik yubileyini o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaevga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi.

