Taxiatosh tumanini obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi
897
Yaqinda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Taxiatosh tumanini rivojlantirish va keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha majlis o‘tkazgan edi. Unda kambag'allikni qisqartirish, fuqarolar hayotida uchrayotgan muammolarni hal etish, shu bilan birga mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa qator vazifalar belgilab olindi.
Bugun Jo‘qorg'i Kenges Raisi boshchiligida tuproq yo‘llarni qum-shag'al aralashmali yo‘llarga aylantirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish borasidagi amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning o‘zida tumandagi yozda qum-chang, yomg'irli kunlarda loy bilan aholini qiynab kelgan jami 31 km tuproq yo‘llar qum-shag'al aralashmali yo‘llarga aylantirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda maxsus texnikalar, tuman idora-tashkilotlari bilan birga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham safarbar qilingan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarori asosida 79 ta uyning tomi shifrlanishi, avariya holatidagi 26 ta uy-joy yangidan qurilishi belgilangan. Xalqaro mablag'lar asosida 5 ta maktabgacha, 2 ta maktab, 2 ta mahalla binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshiriladi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi soha rahbarlari va mutasaddilar bilan uchrashuvda Taxiatosh tumanida boshlangan ulkan harakat doirasida mahallalar va qishloqlarning ichki xo‘jalik yo‘llarini ta'mirlash uchun maxsus qum-shag'al qorishmasi olib kelinayotgani va bu boradagi ishlar imkon darajasida keng qamrovli davom ettirilib, tumanda ta'mirlanmagan tuproq yo‘llar qum-shag'al aralashmali yo‘llarga aylantirilishi ta'kidladi.



