«Jaslыq» posyolkasida yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi
902
Xalqimizning farovon hayotini ta'minlash borasida bugungi kunda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yangi uy-joylar qurish va boshqa amaliy ishlarga Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga alohida e’tibori mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun Qo‘ng'irot tumanidagi «Jaslыq» posyolka fuqarolar yig'ini hududida yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Unda Jo‘qorg'i Kenges Raisi Amanbay Orыnbaev hududda istiqomat qiluvchilarni yangi uylar foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi. Ta'kidlanganidek, Prezidentimiz topshirig'i bilan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi "Qoraqalpog'iston Respublikasida avariya holatidagi va ma'nan eskirgan ko‘p kvartirali uylarni renovatsiya qilish orqali aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g'risida"gi 557-sonli qarori qabul qilingan edi. Shu asosda «Jaslыq» posyolkasida joylashgan avariya holatidagi ko‘p kvartirali uylarni renovatsiya qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo‘shimcha manbalarining 35 milliard so‘mlik mablag'lari hisobidan yangi besh qavatli 180 xonadonli barcha qulayliklarga ega uylar qurilib, foydalanishga topshirildi.
Albatta, yangi uylar hudud aholisi uchun uzoq yillar davomida xizmat qiladi va o‘z navbatida bu fuqarolar Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga bo‘lgan alohida e’tiboridan cheksiz minnatdor.





