Amudaryo tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi
717
Bugun Jo‘qorg'i Kenges Raisi boshchiligida Amudaryo tumanida majlis o‘tkazilib, hududni har tomonlama rivojlantirish va keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa qator vazifalar belgilab olingan edi.
Shu bugunning o‘zida tuproq yo‘llarni qum-shag'al aralashmali yo‘llarga aylantirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish borasidagi amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning o‘zida tumandagi yozda qum-chang, yomg'irli kunlarda loy bilan aholini qiynab kelgan jami 107 km tuproq yo‘llar qum-shag'al aralashmali yo‘llarga aylantirilishi rejalashtirilgan. Respublika miqyosidagi rahbarlar ishtirokida dastlab Toshqal’a mahallasida boshlangan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda maxsus texnikalar, idora-tashkilotlar xodimlari bilan birga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham safarbar qilingan.





