Amudaryo tumanini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
688
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev raisligida Amudaryo tumanini kompleks rivojlantirish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag'ishlangan majlis o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, respublika, shahar va tumanlar sektor rahbarlari hamda barcha idora-tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi. O‘tkazilgan majlisda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi kayfiyatiga ta'sir etayotgan mahallalardagi infratuzilma bilan bog'liq, ijtimoiy va boshqa muammolarga echim topish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kabi dolzarb masalalar haqida so‘z yuritildi.
Joriy yilda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan Amudaryo tumanidagi ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borish uchun davlat va boshqa dasturlar asosida jami 86 ta ob’ektga jami 537,4 milliard so‘m mablag' ajratilishi rejalashtirilgani, shu asosda ko‘plab muammolar o‘z echimini topishi Jo‘qorg'i Kenges Raisi tomonidan katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Majlisda har bir rahbar o‘ziga yuklatilgan vazifaga alohida mas’uliyat bilan yondashishi kerakligi, xalq manfaati yo‘lidagi bu ishlar fuqarolarning farovon hayotini ta'minlashga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, ko‘p yillar davomida aholini qiynab kelgan muammoli masalalarni ijobiy hal etish, og'ir ahvoldagi mahallalarni obod qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy ishlar belgilanib, barcha rahbarlarga vazifalar taqsimlandi.

