Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi qo‘mitalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
1006
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi M.Atamuratov, Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi B.Seytnazarov, deputatlar va soha mutasaddilari ishtirok etdi. Unda dastlab, Jo‘qorg'i Kenges Raisi o‘rinbosari R.Saparbaev tomonidan taklif etilgan "Barcha yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun bolalar depozitini ochish bo‘yicha loyiha" muhokama qilindi. Ta'kidlash joizki, ushbu loyiha bilan aholida uzoq muddatli investitsion tafakkur bosqichma-bosqich shakllanadi. O‘z navbatida, fuqarolarning jamg'armalarini yanada investitsiyalash va kapital o‘sishi hisobiga uni ko‘paytirishga moyillik oshiriladi.
Bundan so‘ng, onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xorijiy kompaniyalarning dori vositalarini asossiz buyurtma qilish holatlariga chek qo‘yish, sohada byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishini ta'minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga Parlament so‘rovi yuborish to‘g'risidagi masala ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan savollar berilib, dolzarb masalalar ko‘tarildi. Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.

