"Do‘stlik" ordeni o‘z sohibiga tantanali ravishda topshirildi
786
Kuni kecha Prezidentimiz raisligida tomorqada va ijaraga berilgan ekin erlarida daromadli mahsulot etishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig'ilish o‘tkazilgan edi. Unda respublikamizning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Qorao‘zak tumani «Madaniyat» OFY hududida yashovchi tomorqa er egasi Genjemurat Turdыmuratov «Do‘stlik» ordeniga munosib deb topildi. Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Qorao‘zak tumanida Prezidentimiz farmoni bilan «Do‘stlik» ordenini tantanali ravishda o‘z egasiga topshirdi. O‘z navbatida, G.Turdimuratov ozgina mehnatiga ko‘rsatilgan alohida e’tibor uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Aytish joizki, u Qoraqalpog'iston sharoitida eng shimoliy hududlardan birida ozgina erdan mo‘l hosil olishni yo‘lga qo‘ya olgan mehnatkash insonlardan biri. O‘ziga tegishli 29 sotix er maydonida 2019 yildan buyon issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug'ullanib kelmoqda. Dastlab, o‘z faoliyatini 1 sotixli issiqxonadan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 8 sotixli issiqxonada sabzavot mahsulotlari va ko‘chatlarini etishtirmoqda. Tadbirkorlik uchun ajratilgan 33 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobiga tashkil etilgan issiqxonalarda 8 nafar fuqaroning bandligini ta'minlab, bir necha bor mahsulot olish orqali daromadli bo‘lishiga yordam bermoqda. Albatta, Genjemurat Turdыmuratovdek tomorqa egalarining ozgina er maydonlaridan samarali foydalanish va o‘z oilasi daromadini oshirish borasidagi mehnati ko‘pchilikka namuna bo‘la oladi desak, adashmagan bo‘lamiz.

