Qo‘mitaning navbatdagi yig'ilishi o‘tkazildi
893
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining navbatdagi yig'ilishi o‘tkazildi. Yig'ilishni qo‘mita raisi A.Atajanov ochdi va olib bordi.
Kun tartibidan dastlab, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining axboroti to‘g'risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 11 apreldagi "Madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi 155-sonli qarori ijrosi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlari tinglandi.
Yig'ilishda deputatlar tomonidan dolzarb masalalar ko‘tarildi va kun tartibi yuzasidan tegishli savollarga javoblar olindi. Yig'ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.