Jo‘qorg'i Kenges Raisi Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlarining tadbirkorlari bilan uchrashdi
918
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Qorao‘zak tumanida Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda 2025 yilda investitsiya, mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni ishga tushirish, eksportyor korxonalarga amaliy yordamlar ko‘rsatish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta'minlash, tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi. Dastlab, Jo‘qorg'i Kenges Raisi so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan Qoraqalpog'istonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, tadbirkorlar va investitsiya loyihalari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha alohida qabul qilingan qaror va farmonlar haqida keng turda ta'kidlab o‘tdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning o‘z faoliyatini rivojlantirish borasida duch kelayotgan muammolari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida echim topish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, vaqt talab etiladigan murojaatlar Jo‘qorg'i Kenges Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.