Jo‘qorg'i Kenges Raisi Chimboy va Kegeyli tumanlaridagi tadbirkorlar bilan muloqot qildi
1105
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev rahbarligida Chimboy tumanida Chimboy va Kegeyli tumanlaridagi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflarini eshitish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Unda eksportyor korxonalarga amaliy yordamlar ko‘rsatish, 2025 yilda amalga oshiriladigan dasturlar doirasida yangi investitsion loyihalarni ishga tushirish orqali ish o‘rinlari yaratish, bu borada tadbirkorlarning muammolariga echim topish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaqindan fikr almashildi. Uchrashuvda Chimboy va Kegeyli tumanlari hokimlari hamda mutasaddi vazirlik, idora rahbarlari ishtirok etdi.
Ta'kidlash joizki, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Birgina Qoraqalpog'iston uchun qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar bu boradagi chora-tadbirlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Bugungi o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar bo‘yicha yaqindan muloqot qilindi. Har qanday investitsiion, ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar Prezidentimiz tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi Jo‘qorg'i Kenges Raisi tomonidan alohida ta'kidlandi.


