Mahalla ettiligining faoliyati keng muhokama qilindi
1118
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi qo‘mita raisi Sh.Otemisov rahbarligida mahallalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda uchrayotgan muammolar hamda xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida mavjud bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova va boshqa vazirlik, idora rahbarlari, mas’ul xodimlar, shahar va tuman studiyalaridan tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.
Dastlab, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga alohida e’tibori, jumladan Mahalla sohasini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash yo‘nalishida qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarining ahamiyati, aholini kambag'allikdan chiqarish, yuqori daromad olish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yashil energetikani ommalashtirish yo‘nalishidagi belgilangan vazifalar va yaratilgan sharoitlar keng ta'kidlab o‘tildi. Shuningdek, shuncha imkoniyat yaratib berilganiga qaramasdan, ayrim joylarda soha va hudud rahbarlarining o‘z vazifasini bajarishga loqaydlik bilan qarab, xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgani tanqid qilindi. Yig'ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mahallada obodonlashtirish ishlari, tinchlikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ajrimlarning oldini olish, yoshlarimizni barkamol avlod etib tarbiyalashda mahallalar ettilining o‘rni alohida ekanligi ta'kidlanib, vazifalar belgilandi.